Telegram Premium nima beradi?
Premium — Telegram'ning pullik obunasi. U 3, 6 yoki 12 oyga olinadi va bir qancha qo'shimcha imkoniyat beradi.
Asosiy imkoniyatlar
- 4 GB gacha fayl yuklash va tezroq yuklab olish;
- kanal, papka va qadalgan chatlar limitlari ikki baravar;
- ovozli va video xabarlarni matnga aylantirish;
- chat va kanallarni real vaqtda tarjima qilish;
- reklamasiz Telegram;
- Premium stikerlar, maxsus emoji va reaksiyalar, emoji-status;
- animatsion profil rasmi va Premium belgisi.
O'zingizga yoki sovg'a qilib
Obunani o'zingizga olishingiz yoki do'stingizga 3, 6 yoki 12 oyga sovg'a qilishingiz mumkin. Uzoq muddat oyiga arzonroq tushadi.
Yana o'qing
- 🎁 Premium qanday olinadi va sovg'a qilinadi?
Telegram Premium'ni o'zingizga olish yoki do'stingizga sovg'a qilish: ilova, @PremiumBot, Fragment va so'mda Payme yoki Click orqali.
- 🎀 Telegram sovg'alari qanday ishlaydi?
Telegram sovg'alari: qanday yuboriladi, profilda ko'rsatish, Stars'ga aylantirish va kolleksiya sovg'alari haqida qisqa qo'llanma.
- 💠 Fragment nima?
Fragment.com — Telegram username'lari, anonim raqamlar, Premium va Stars savdo platformasi. U qanday ishlaydi va TON hamyoni nima uchun kerak.